Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyni tark etgan

Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyni tark etgan

Alibaba asoschisi, milliarder Jek Ma Xitoyni tark etgan va qariyb yarim yildan beri Tokioda yashamoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi bir vaqtlar eng badavlat hisoblangan xitoylik tadbirkorning qayerda ekanligidan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

Gazetaning ta’kidlashicha, Jek Ma Pekin tomonidan mamlakatning texnologiya sektori va uning eng nufuzli biznesmenlariga bosim davom etayotgan bir paytda Xitoyni tark etgan.

Ma oilasi, shaxsiy oshpazi va tansoqchilari bilan Yaponiyaga jo‘nab ketgan, deya xabar beradi manbalar. Gazetaning yozishicha, tadbirkor o‘zini panada tutmoqda, Tokiodagi xususiy klublarga boradi, ashaddiy kolleksionerga aylangan va vaqt o‘tkazish uchun akvarelda rasm chizishni boshlagan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ma Tokiodagi issiq buloqlar va tog‘-chang‘i kurortlariga tashrif buyuradi, muntazam ravishda AQSh va Isroilga sayohat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!