Aleksandr Ginsburg: "Sputnik V" bilan emlanganlar "Omikron"ni sezmay o‘tkazadi

Aleksandr Ginsburg: "Sputnik V" bilan emlanganlar "Omikron"ni sezmay o‘tkazadi

"Sputnik V" bilan emlanganlar katta ehtimol bilan "omikron" shtammi bilan kasallanmaydi, dedi RIA Novostiga Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg.

"Sputnik bilan emlanganlar, ehtimol, Omikron shtammi keltirib chiqaradigan koronavirus bilan kasallanmaydilar va kasal bo‘lsalar ham sezmay o‘tkazib yuboradilar. O‘zim ham chet eldan qaytib kelib, qon tahlili topshirganimdan so‘ng, qonimda "omikron"ni zararsizlantiradigan antitanachalar borligini bildim", - dedi Ginsburg.

Olimning aytishiga ko‘ra, qon tarkibida virusni neytrallashtiruvchi antitanachalar titri juda yuqori natija ko‘rsatgan.

"Ya’ni, menga virus yuqqan, lekin o‘zim buni sezmadim, chunki hech qanday siptomlari (shamollash, temperatura) yo‘q edi. Men "Sputnik V" bilan emlanganman", - deya ta’kidladi Ginsburg.

Eslatib o‘tamiz, "Sputnik V" dunyoda koronavirusga qarshi yaratilgan birinchi vaksina. U Rossiyaning Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan 2020 yilning avgust oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Bugungi kunda Rossiyada yana bir necha vaksinalar yaratilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Ular orasida Vektor markazi tomonidan yaratilgan "EpiVakKorona", Chumakov nomli markaz tomonidan yaratilgan "KoviVak" va shuningdek Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan vaksina "Sputnik Layt" va "Sputnik M" vaksinalari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!