"Aldama meni" ko‘rsatuvida chiqqan Jaloliddin Masharipov muxlislarning g‘azabiga yo‘liqdi

"Aldama meni" ko‘rsatuvida chiqqan Jaloliddin Masharipov muxlislarning g‘azabiga yo‘liqdi

"Paxtakor" futbol klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov "Aldama meni" ko‘rsatuvida ishtirok etdi va "Andijon" futbol klubi muxlislarining g‘azabiga uchradi.

Har shanba "Zo‘rTV" orqali namoyish etiladigan "Aldama mani" teleko‘rsatuvining bugungi sonida Toshkentning "Paxtakor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

Odatda bu ko‘rsatuvni tomosha qilmasdim, lekin bu safar futbolchi ishtirok etayotgani uchun qiziqib tomosha qildim.

Ko‘rsatuv mobaynida Jaloliddin Masharipovga futbolga pul berib kirgan futbolchilar bormi, degan  savolga Jaloliddin aytsam, xafa bo‘ladi, deb savolni javobsiz qoldirdi.
 
Oliy Ligaga nomunosib jamoa deganda "Buxoro", "Qizilqum" va ancha o‘ylanib turib "Andijon" jamoasi degani biz muxlislarni jahlimizni chiqardi.
Nega bir nafar futbolchini terma jamoaga noloyiq ekanligini aytishga uyalgan Jaloliddin Buxoro, Navoiy va Andijon viloyatlarining bosh jamoalari haqida salbiy fikr bildirmoqda? Bir nafar futbolchini xafa qilish qiyin-u, butun boshli viloyatlarning minglab muxlislarini qalbini og‘ritish oson ekanda a?
Jaloliddinga savol bermoqchimiz: qaysi ko‘rsatib qo‘ygan karomatingiz uchun minglab muxlislarning sevimli jamoalarini kamsityapsiz? "Paxtakor" bilan OCHLning final o‘yinida muhim golni kiritib, jamoangizga OCHL g‘olibligini olib berdingizmi yoki O‘zbekiston milliy terma jamoasini JChga olib chiqib qo‘ydingizmi? Uka, hali yoshsiz, ko‘pchilikning nazaridan qolib ketish yaxshi emasligini yana bir bor eslatib qo‘ymoqchimiz, xolos!, deya e’tiroz bildirishdi vodiylik muxlislar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!