Akbar Jo‘rayev: "Parijda ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman"

Akbar Jo‘rayev: "Parijda ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman"

Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayevning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati sportimiz uchun ulkan ahamiyatga ega.

Bu bilan o‘zbek og‘ir atletikasi jahonda yetakchilardan ekanini yana bir karra ko‘rsatgan bo‘lsa, chempionlik Prezidentimiz va millionlab hamyurtlarimizni xursand qildi. O‘z navbatida, Jo‘rayev musobaqadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Akbar Jo‘rayev: "Parijda ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman"

Akbar Jo‘rayev: "Parijda ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman"

“Hayajon juda katta. Avvalo, Prezidentimizga katta rahmat aytmoqchiman. Olimpiya o‘yinlari – biz Yangi O‘zbekiston yoshlarining nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib berish uchun ajoyib imkoniyat. Prezidentimizning biz yoshlarga bergan ishonchi va mehri menga yanada kuch berdi. Bundan tashqari, meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu g‘alabamni yurtimiz mustaqilligining, jonajon O‘zbekistonimizning 30 yilligiga bag‘ishladim. Parij-2024 Olimpiadasida ham xuddi shunday medal olishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Barcha murabbiylarim, menga muxlislik qilgan hammaga rahmat. Barcha havaskor yoshlarga sport bilan shug‘ullanishni, mashg‘ulotlarni oxirigacha olib borishni tavsiya qilgan bo‘lardim”, – dedi Olimpiada chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!