Akbar Jo‘rayev Islom Birdamlik O‘yinlari rekordini o‘rnatdi va 3 karra oltin medal sohibi bo‘ldi

Akbar Jo‘rayev Islom Birdamlik O‘yinlari rekordini o‘rnatdi va 3 karra oltin medal sohibi bo‘ldi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

+109kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Akbar Jo‘rayev himoya qildi va dast ko‘tarishda 200kg bilan Islom Birdamlik O‘yinlar rekordini o‘rnatdi va oltin medal sohibi bo‘ldi.

Siltab ko‘tarish mashqida ham Akbar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uchala urinishidan unumli foydalandi (23, 242, 246). Yangi rekord va ikkinchi oltin medalini yutdi.

Ikkikurash natijasi (446kg) bilan yurtdoshimiz mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritish barobarida delegasiyamiz uchun muhim 3 ta oltin medalni taqdim qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!