Akademik liseylarga qabul 10 iyulga qadar uzaytirildi

Akademik liseylarga qabul 10 iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik liseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10 iyul etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Akademik liseylarga 2022/2023-o‘quv yili uchun hujjat topshirish istagida bo‘lganlar 10 iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ma’lumot uchun:

Akademik liseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar 10 iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!