Ajabo! Odam uch bosqichda qariydi

Ajabo! Odam uch bosqichda qariydi

Stenford universiteti olimlari inson qarishi uch bosqichda sodir bo‘lishini aniqladi.

Mutaxassislar 18 yoshdan 95 yoshgacha bo‘lgan 4263 kishining qon plazmasi oqsillarini tahlil qilishdi va yoshga qarab ularda o‘zgarishlar kuzatilishiga guvoh bo‘lishdi.

Tadqiqotchilar qon plazmasidagi oqsillarning asosiy o‘zgarishlari shartli ravishda uch bosqichda: 34, 60 va 78 yoshda sodir bo‘ladi, degan to‘xtamga kelishdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu yechim yoshga bog‘liq kasalliklarga qarshi yanada samarali kurashish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!