“Agrobank” va "Xalq banki" mas’ul shaxslari fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib, pullarni yeb yuborishdi

“Agrobank” va "Xalq banki" mas’ul shaxslari fuqarolarning nomiga kredit rasmiylashtirib, pullarni yeb yuborishdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.O.” MCHJ rahbari S.M. “Agrobank” Yangiqo‘rg‘on filiali mas’ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali “chorvachilik” yo‘nalishida 8 nafar fuqaro nomiga ularning xabardorligisiz kredit ajratilishiga erishib, 260,2 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, AT “Xalq bank” Uchqizil filiali bo‘limi boshlig‘i SH.T. 4 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etib, qalbaki muhr va shtampdan foydalanish orqali “Hunarmand” boshqarmasidan tegishli tavsiyanomani olishga erishib, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratilgan 132 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!