Agent Jeyms Bond rolining eng yaxshi ijrochisi ma’lum bo‘ldi (foto)

Agent Jeyms Bond rolining eng yaxshi ijrochisi ma’lum bo‘ldi (foto)

56% ovoz olgan aktyor Shon Konneri Buyuk Britaniya aholisi tomonidan Jeyms Bondning (007) eng yaxshi ijrochisi deb topildi.

Bu haqda har hafta “Radio Times” gazetasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari guvohlik bermoqda, deya xabar beradi The Guardian.

Ikkinchi o‘rin 32 foiz ovoz bilan aktyor Timoti Daltonga nasib etdi.

Uchinchi o‘rinni esa Rojer Murni bir necha foiz ovoz bilan ortda qoldirgan aktyor Pirs Brosnan (23%) egalladi.

So‘rovda ko‘pchilik Shon Konneri bu rolni a’lo darajada ijro etganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, ingliz yozuvchisi Yan Flemingning romanlari asosida suratga olingan birinchi film 1962 yilda katta ekranlarga chiqarilgan va unda bosh rolni aynan Shon Konneri ijro etgan.

Bugungi kunga qadar Bond haqida 25 ta kartina suratga olingan. Eng so‘nggi  qismda esa agent rolini aktyor Deniyel Kreyg o‘ynagan. Shuni ta’kidlash kerakki, film hali chiqarilmagan. Premera 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Agent Jeyms Bond rolining eng yaxshi ijrochisi ma’lum bo‘ldi (foto)

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!