Agar Xitoy Rossiyaga yordam bersa barcha investisiyalar to‘xtatiladi

Agar Xitoy Rossiyaga yordam bersa barcha investisiyalar to‘xtatiladi

AQSh prezidenti Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida XXR raisi Si Szinpin bilan telefonda olib borgan suhbatlarining birida, unga agar Xitoy Rossiyaga qo‘llanilayotgan sanksiyalarni buzadigan bo‘lsa “Amerika va boshqa mamlakatlar” investisiyalari to‘xtatilishi mumkinligini aytganini ma’lum qildi.

"Men rais Siga telefon qilib aytdim: "Agar sen Rossiyaga qo‘llanilayotgan sanksiyalarni buzganingdan keyin ham amerikaliklar va boshqalar investisiya jalb qilishda davom etadi, deb o‘ylasang, u holda sen juda katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lasan", – dedi Bayden.

Oq uy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda “Xitoy tomonidan Rossiyaga qurol yetkazib berilayotgani haqida” ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!