Agar Messi "Barselona"ga qaytmoqchi bo‘lsa, klub unga bir nechta shartlarni qo‘yadi

Agar Messi "Barselona"ga qaytmoqchi bo‘lsa, klub unga bir nechta shartlarni qo‘yadi

"Barselona" agar Leo Messi jamoaga qaytishni istasa, unga ba’zi shartlarni qo‘yadi.

Kataloniyaliklar argentinalik hujumchini 2023 yilning yozida, uning "PSJ" bilan shartnomasi tugaydigan vaqtda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta va bosh murabbiyi Xavining fikricha, Messi bir necha shartlarga rozi bo‘lsagina futbolchi sifatida klubga qaytishi mumkin. Birinchidan, Leo maoshini sezilarli darajada kamaytirishi kerak, ikkinchidan, maydonda Xavi ko‘rayotgan rolni o‘ynashga rozi bo‘lishi kerak, deb yozmoqda Mundo Deportivo.

Balki Messi qaytganida "Barselona"ning asosiy o‘yinchilaridan biri maqomini olmasligi mumkin. Klub Leo hujumchi ortida o‘ynab, Pedri yoki Gavi rivojlanishiga xalaqit berishini istamaydi.

"Barselona" Messining qaytishi klubga marketing masalalarida katta foyda keltirishiga ishonmoqda. Xususan, “Barselona”ning o‘rtoqlik o‘yinlari va mavsumoldi turlaridagi jozibadorligi ortadi. Qolaversa, klub muxlislar Leoni qaytarishdan xursand bo‘lishlariga ishonmoqda.

Kataloniya klubi Messini qaysi pozisiyada qo‘llash mumkinligini tushunish uchun tahlil o‘tkazadi. "Barselona"da Robert Levandovski borligi sababli argentinalik futbolchi "soxta to‘qqizlik" pozisiyasida o‘ynay olmaydi.

O‘ng qanotda Leo uchun qulay bo‘lishi dargumon, chunki bu pozisiyada harakat qilib, u markazga o‘tishni yaxshi ko‘radi. Murabbiylar shtabi agar Messi shu qanotda o‘ynasa, "Barselona" kuchli o‘ng qanot himoyachisini sotib olish kerak deb hisoblaydi.

35 yoshli hujumchi joriy mavsumda "PSJ" safida 11 o‘yinda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!