"Agar G‘arb qurol bermasa Ukraina Rossiyaga qarshi belkuraklar bilan kurashadi" - Kuleba

"Agar G‘arb qurol bermasa Ukraina Rossiyaga qarshi belkuraklar bilan kurashadi" - Kuleba

G‘arb davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatsa ham uning mamlakati Rossiyaga qarshilik ko‘rsatishni davom ettiradi va “belkuraklar bilan kurashadi”. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ARD telekanali efirida aytib o‘tdi.

“Agar qurolimiz bo‘lmasa, mayli, belkurak bilan kurashamiz, lekin o‘zimizni himoya qilamiz, chunki bu bizning mavjudligimiz uchun urushdir. Shunday qilib, biz qanchalik tez qurol olsak, ular [Kiyevga] qanchalik tezroq yuborilsa, bizga shunchalik yordam bo‘ladi. Agar qurol kechroq yuborilsa ham, biz baribir “rahmat” deymiz, lekin ko‘p narsa yo‘qotilgan, ko‘p qurbon berilgan bo‘ladi”, deydi Kuleba.

Shu bilan birga, Kulebaning ta’kidlashicha, G‘arbdagilar hech kim Ukraina qurol-yarog‘ yetkazib bermasa, Kiyev yon berishga tayyor bo‘lishiga ishonmasligi kerak.

Bundan tashqari, vazir Ukrainada Rossiyadagiga qaraganda ancha kam qurol borligini tan olgan.

“Biz bunday nomutanosiblik bilan urushda g‘alaba qozona olmaymiz”, deya xulosa qilgan u Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlariga ehtiyoj borligini ta’kidlab.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!