"Agar Armanistonga Gyumridagi Rossiya bazasi kerak bo‘lmasa, biz ertagayoq ketamiz..."

"Agar Armanistonga Gyumridagi Rossiya bazasi kerak bo‘lmasa, biz ertagayoq ketamiz..."
Putinning ta’kidlashicha, Armaniston bilan bog‘liq hozirgi muammolar Qorabog‘ atrofidagi vaziyatdan boshlangan. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, Yerevanning o‘zi ushbu hududni Ozarboyjon tarkibida deb tan olgan. Rossiya prezidenti, shuningdek, Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini boshlashi Yerevanning Moskvaga nisbatan siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirayotganidan dalolat berishini aytdi. "Evropa Ittifoqi va YEOIIda bir vaqtning o‘zida bo‘lish mumkin emas. Agar siz Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonini boshlash to‘g‘risida qonun qabul qilgan bo‘lsangiz, demak, niyatingizni bizga bildirding", — dedi Vladimir Putin. Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Moskva Yerevan bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Putin Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik masalasi ham Armaniston xalqining xohishiga bog‘liq ekanini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, Armanistonning Gyumri shahrida joylashgan Rossiyaga tegishli 102-harbiy baza 1995 yildan buyon faoliyat yuritadi. Dastlab tomonlar baza bo‘yicha 25 yillik kelishuv tuzgan, 2010 yilda esa uning amal qilish muddati 2044 yilgacha uzaytirilgan.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Dunyo xaritasi 500 yil ichida ilk bor yangilandi