Afsus! Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi vafot etdi

Afsus! Qashqadaryoda bir oilaning uch nafar a’zosi vafot etdi

Kecha Dehqonobod tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga B. mahallasidan 16 yoshli X.H. o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Unga “Zaharli gazdan o‘tkir zaharlanish o‘ta og‘ir darajasi. O‘tkir toksemiya davri. O‘pka shishi. Aspirasion sindrom. O‘tkir nafas yetishmasligi. O‘tkir yurak va qon tomir yetishmasligi. Toksik koma” tashxisi qo‘yildi. 

Zudlik bilan standart bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, bemorga tibbiy yordam ko‘rsatildi. 
Ma’lum bo‘lishicha, bemor yashaydigan xonadondagilar eski hojatxona yonidan yangi chuqur kovlashayotgan paytda o‘rtadagi devor yorilib ketishi natijasida X.H.ning otasi, 48 yoshli Q.E., onasi, 44 yoshli B.O. va va opasi, 20 yoshli X.D. voqea joyida vafot etishgan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!