Afsus! Koronavirus sabab otasidan ayrilgan bokschi yana bir judolikka uchradi. U ham koronavirusga chalingandi

Afsus! Koronavirus sabab otasidan ayrilgan bokschi yana bir judolikka uchradi. U ham koronavirusga chalingandi

WBO yo‘nalishi bo‘yicha yengil vazn toifasida Jahon chempioni nomiga sobiq davogar Entoni Yard oilasidagi ikkinchi fojia haqida xabar berdi. Instagramdagi sahifasiga bokschi buvisi ham koronavirusdan vafot etgani haqidagi yozuvni joylashtirdi.

“Bu virus tufayli buvimni yo‘qotdik. Otam va buvim bir necha kunlik farq bilan vafot etishdi. Hammasi jiddiy! Ruxsat berilmagan bo‘lsa ham odamlar tashqariga chiqishga davom etishmoqda. Men Covid-19 haqida ko‘plab fikrlar borligini bilaman, ammo shuni bilingki, fikrlar sizning hayotingiz va boshqalarning hayotini xavf ostiga qo‘yishga loyiq emas. Faqat uyda qoling” - deb yozgan bokschi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!