“Afrosiyob” poyezdi yo‘lovchilari avtobusda Buxoroga yetkaziladi

“Afrosiyob” poyezdi yo‘lovchilari avtobusda Buxoroga yetkaziladi

Navoiy-Buxoro yo‘nalishidagi temiryo‘lda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 13 iyul kuni soat 7:28 da Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 762-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining harakat jadvalida bir martalik o‘zgarish bo‘ladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur poyezd shu kuni Toshkent-Navoiy yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi. Yo‘lovchilar Navoiydan Buxorogacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tashkil qilinadigan maxsus avtobuslarda olib boriladi.

13 iyul kuni Buxoro-Toshkent yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 761-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdi o‘z vaqtida harakatini amalga oshiradi. Shuningdek, boshqa poyezdlar harakat jadvalida ham o‘zgarish bo‘lmaydi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!