Afrika davlatida ommaviy ocharchilik bo‘lishi mumkin

Afrika davlatida ommaviy ocharchilik bo‘lishi mumkin

Somalining sakkizta hududi ommaviy ocharchilik xavfi ostida. Bu haqda BMT xabar berdi.

Mutaxassislarning fikricha, agar mamlakatda qurg‘oqchilik va asosiy tovarlar narxining oshishi davom etsa, insonparvarlik yordami aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yetkazilmasa, joriy yilning sentyabr oyi boshida mamlakat aholisi shunday xavfga duch keladi.

O‘tgan yanvar oyidan buyon mamlakatning 900 mingdan ortiq aholisi qurg‘oqchilik va turmush sharoiti yomonlashgani sababli ichki migrasiya lagerlariga joylashtirildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ularga zudlik bilan yordam ko‘rsatish uchun shoshilinch ravishda 131,4 million dollar kerak.

Hozirda tashkilotning Somalida ocharchilikning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlari atigi 46 foiz moliyalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!