Afg‘onistonning elektr energiyadan qarzdorligi bormi? O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumot berdi

Afg‘onistonning elektr energiyadan qarzdorligi bormi? O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumot berdi

2021 yilda Afg‘onistonga 2 151,3 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bo‘lib, “Da Afghanistan Breshna Sherkat” energetika kompaniyasi tomonidan elektr energiyasi uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan. Ya’ni, 2021 yil uchun Afg‘onistonning elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emas, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmatiyu

“O‘zbekiston milliy elektr tamoqlari” AJ va “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, Afg‘onistonga joriy yilda 2 210,0 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berish belgilangan bo‘lib, yanvar-iyun oylarida Afg‘onistonning elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda 770,2 mln kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Bugungi kunda yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni kompaniya tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.

Yozgi mavsumda Afg‘oniston Tojikiston energetika tizimiga ulanishi sababli joriy yil 14 apreldan O‘zbekistondan elektr energiyasini qabul qilish to‘xtagan.

Ma’lumot uchun: 2002 yildan boshlab O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib borilmoqda. Daslabki yillarda 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridan texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha elektr energiyasi yetkazib berilgan.

2009 yilda ikkita 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining qurilishi yakunlanib, ishga tushirilganidan so‘ng, Afg‘onistonga 430 MVtgacha quvvatda elektr energiyasi yetkazilib berilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!