Afg‘onistondagi vaziyat tufayli Bayden AQSh prezidentligidan ketishi mumkin

Afg‘onistondagi vaziyat tufayli Bayden AQSh prezidentligidan ketishi mumkin

AQSh Kongressi a’zosi Marjori Teylor Grin amaldagi davlat rahbari Jo Baydenga uch xil asosda impichment e’lon qilinishi mumkinligiga qaror qildi. Respublikachi tegishli qaror loyihalarini qonun chiqaruvchi organga ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi.

Birinchidan, Grinning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti go‘yoki Afg‘onistonda o‘n ming Amerika fuqarosini qoldirgan. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden immigrasion qonunlarni buzgan holda janubda AQSh chegaralari yaqinida inqirozli vaziyatning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan. Shuningdek, Kongress a’zosi mamlakat rahbarini ijarachilarni ko‘chirishga moratoriyni uzaytirish shaklidagi Oliy sud pozisiyasiga zid bo‘lgan xatti-harakatlarda aybladi.

"Jo Bayden prezident bo‘lgan yetti oy ichida Amerika dunyo hurmatini yo‘qotdi. Dalillar aniq va uning harakatlari shunchalik ravshanki, unga impichment e’lon qilish kerak”, - deyiladi hujjatda.

Avvalroq, Grin allaqachon impichment e’lon qilinishi orqali Jo Baydenni lavozimidan chetlatish mavzusini ko‘targandi. AQSh Respublikachilar partiyasi matbuot kotibi Baydenning prezidentlik lavozimida bo‘lishining qonuniyligiga shubha bildirgan siyosatchilardan biri edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!