Afg‘onistondagi vaziyat global hamjamiyat uchun o‘ziga xos muammodir

Afg‘onistondagi vaziyat global hamjamiyat uchun o‘ziga xos muammodir

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif BMT Bosh Assambleyasining 77-yig‘ilishida ta’kidlaganidek, 30 million afg‘on tirikchilik qilish va porloq kelajak qurish imkonini beradigan funksional iqtisodiyot va bank tizimisiz yashamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi bosqichda “Tolibon”ni yakkalab qo‘yish, allaqachon qashshoqlikda bo‘lgan afg‘onlar azobini yanada kuchaytirishi mumkin va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash ijobiy natija beradi. Sharif yangi fuqarolar urushi, terrorizmning kuchayishi, narkotik moddalar savdosi va qochqinlarning yangi to‘lqinlari paydo bo‘lishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi. U Afg‘onistonda terrorchilik guruhlari borligidan xavotirda.

Islomobod BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish chaqirig‘iga binoan afg‘onlarga 4,2 milliard dollar miqdorida gumanitar va iqtisodiy yordam ko‘rsatishni, bank tizimini tiklash uchun zarur bo‘lgan afg‘on oltin zaxiralarini ochishni taklif qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!