Afg‘onistonda teraktlar to‘xtamayapti

Afg‘onistonda teraktlar to‘xtamayapti

Afg‘onistonning Daykundi viloyatida avtomobilning portlashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi yoki yaralandi. 

Bu haqda 1TV News telekanali Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligiga tayangan holda xabar tarqatdi, demoqda "azon.uz".

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor, portlashni toliblar amalga oshirgan. 

“Tolibon” harakati esa hodisa yuzasidan hozircha bayonot bergani yo‘q. 

12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasida anchadan beri kutilayotgan muzokaralar boshlangan edi. Muzokaralar davom etayotgan bir paytda ham Afg‘onistonda teraktlar to‘xtamadi. 

Tomonlar ayrim masalalar bo‘yicha kelisha olmagani tufayli Dohadagi muzokaralar to‘xtab qoldi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!