Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi suv toshqinlari kamida 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “Tolibon” Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Sharafuddin Muslim bu haqda ma’lum qildi.

Qad etilishicha, suv toshqinlari Hirot, Hilmand, Qandahor, Badaxg‘on, Bodg‘is, Maydon Vardak, Taksor, Faryob, Juzjon va Parvon viloyatlarida sodir bo‘lgan.

Bundan tashqari, 30 ga yaqin kishi tan jarohati oldi, aholi mulki va qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy zarar yetkazildi: 100 ta uy vayron bo‘ldi, 100 boshgacha chorva mollari nobud bo‘ldi, 200 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qoldi. Biroq, bu faqat dastlabki ma’lumotlar. Tolibon bir qancha qurbonlarga naqd pul berib bo‘lgan, tabiiy ofat sodir bo‘lgan joylarga yordam yetkazish jarayoni davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!