Afg‘onistonda notinchlik: Rahmon Mirziyoyev bilan suhbatlashdi

Afg‘onistonda notinchlik: Rahmon Mirziyoyev bilan suhbatlashdi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali suhbatda Afg‘onistondagi xavotirli vaziyat bilan bog‘liq holda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalarini muhokama qildi.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat chog‘ida davlat rahbarlari Afg‘onistonning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlaridagi vaziyatni alohida ta’kidladilar.

Rahmon va Mirziyoyev qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarini davom ettirishga kelishib oldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!