Afg‘onistonda erta nikohlar avj olishni boshladi

Afg‘onistonda erta nikohlar avj olishni boshladi

Afg‘onistonda ochlik va iqtisodiy tanazzul kuchayayotgan bir paytda erta nikohlar ko‘rsatkichi avj olishni boshlagan, afg‘onlar esa “chaqaloqlarni sotishmoqda”.

Ba’zi afg‘on oilalari boqish uchun yosh qizlarini 500 dollar evaziga sotishmoqda. Qarz va ocharchilik Afg‘oniston fuqarolarini qalin puli evaziga yosh qizlarini turmushga berishiga majbur qilgan.

Bu esa o‘z-o‘zidan yosh qizlarni turmush qurishga majbur qiladigan ota-onalar sonining keskin ko‘payishiga olib keldi. YUNISEFning ta’kidlashicha, oilalar ochlikdan qochib qutulish uchun 20 kunlik qizlarini qalin puli evaziga taklif qilayotgani haqida ishonchli hisobotlar mavjud.

Masalan, o‘tgan oy 9 yoshli qiz bola kelin sifatida 55 yoshli erkakka, qo‘y, yer va naqd pul ko‘rinishida 2 010 dollar yoki 1 570 funt sterling evaziga sotilganligi aniqlangan. Qizning otasi Abdul Malikning aytishicha, uning 8 nafar oila a’zosi bor va qolganlarining yaxshi yashashi uchun qizini sotishdan boshqa iloji bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!