Afg‘oniston Rossiyadan gaz va neft sotib olmoqchi

Afg‘oniston Rossiyadan gaz va neft sotib olmoqchi

Afg‘onistonning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Jamol Nosir Garvalning aytishicha, mamlakat Rossiyadan gaz va neft sotib olish bo‘yicha aniq shartnomalar imzolamoqchi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Garvalga ko‘ra, ayni damda Moskva va Kobul o‘rtasida biznes sohasida muzokaralar olib borilmoqda. Afg‘oniston tomoni iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni xohlaydi.

“Muayyan sohalarga kelsak, biz yoqilg‘i, gaz sotib olishdan manfaatdormiz, bu birinchi navbatda bizning mamlakatimizga kerak. Shuning uchun Afg‘oniston va Rossiya o‘rtasida kelishuvlarga erishish va aniq shartnomalarni imzolashga qat’iy qaror qildik”, deydi diplomat.

“Tolibon” (*terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida) tomonidan tayinlangan Jamol Nosir Garval aprel oyida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi unga rasmiy akkreditasiya berganidan keyin Moskvada ish boshlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!