Afg‘oniston qishni ocharchiliklarsiz o‘tkazadi – Mirziyoyev

Afg‘oniston qishni ocharchiliklarsiz o‘tkazadi – Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev afg‘on xalqi bu qishni xavfsiz o‘tkazishiga ishonch bildirdi, deb xabar beradi O‘zLiDeP axborot xizmati.
Bu haqda davlat rahbari Toshkentlik saylovchilar bilan prezidentlikka nomzod sifatida saylovoldi uchrashuvida ta’kidladi.
“Afg‘oniston muammosi hammamizni chuqur o‘ylashga sabab bo‘layapti. Afg‘oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o‘tkazib olishini” – aytib o‘tdi Prezident.
Bu mavzuga pandemiyaning global iqtisodiyotiga ta’siri haqida gapirganda esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari hech qachon bunday kuchli sinovga duch kelinmagan, dunyoning eng baquvvat davlatlariga ham virus jiddiy ta’sir o‘tkazgan.
Pandemiya davrida ko‘plab mamlakatlar "egoist" bo‘lib ketdi, dedi Mirziyoyev.
Shu bilan birga, u bunday qiyin vaziyatda ularning harakatlarini to‘g‘ri tushunishini ham bildirdi. "Men ham birinchi navbatda mamlakatimiz tinchligi, xalqim farovonligi haqida o‘ylashim kerak", deb tushuntirdi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!