Afg‘oniston mojarosi: Rossiya Termizga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmoqda

Afg‘oniston mojarosi: Rossiya Termizga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmoqda

Rossiya Samara viloyatidan Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi O‘zbekiston bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hududga harbiy xizmatchilarni qayta joylashtira boshladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga asoslanib "Interfaks" xabar berdi.

"Markaziy harbiy okrugning tinchlikparvarlik tuzilmasi bo‘linmalari va maxsus maqsadli brigadalari Termiz poligonida Rossiya va O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun qo‘shinlarni qayta to‘plashni boshladi", deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, harbiylar Il-76 samolyotiga qurol-yarog‘ yuklab, Termiz shahriga uchib ketishgan.

Mashqlar 10 avgustga qadar bo‘lib, unda 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchilar qatnashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!