Afg‘oniston chegarasida bir askarimiz halok bo‘ldi, u Namangan farzandi edi – Shavkat Mirziyoyev

Afg‘oniston chegarasida bir askarimiz halok bo‘ldi, u Namangan farzandi edi – Shavkat Mirziyoyev

Namanganda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi.

“Afg‘onistondagi holat hammamizga saboq bo‘lishi kerak. Chegaradagi vaziyat har kuni diqqat markazimizda. Hech kimga sarhadlarimizga daxl qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki O‘zbekistonda qonun ustuvor, jazo muqarrar.

Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin biz daxlsizlik masalasida pozisiyamiz qat’iy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz.

Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!