Afg‘oniston bilan chegarada Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi

Afg‘oniston bilan chegarada Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi

Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston qo‘shma mashg‘ulotlari Afg‘oniston bilan chegaradagi Harb-Maydon poligonida boshlandi, deb xabar bermoqda Markaziy harbiy okrug.

"Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy kontingentlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlarning ochilish marosimi Xatlon viloyatida, Tojikiston Respublikasidagi Harb-Maydon poligonida bo‘lib o‘tdi",-deyiladi xabarda.

Tantanali tadbirda Rossiya tomoni nomidan Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni o‘rinbosari Yevgeniy Poplavskiy qatnashgan bo‘lsa, Tojikiston Qurolli Kuchlarini Mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduxoshim G‘ulomzoda taqdim etdi. O‘zbekiston nomidan Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Ziyobayev tabrik so‘zini aytdi.

"Bugun biz Rossiya Federasiyasi, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari bo‘linmalari bilan qo‘shma mashg‘ulotlarni ochyapmiz. Harbiy tahdidlar, vaziyat yanada keskinlashib, oldindan aytib bo‘lmaydi", - dedi Poplavskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar davomida to‘plangan jangovar tajribani sinab ko‘rish, qo‘shinlardan foydalanishning maqbul shakllarini sinovdan o‘tkazish va harbiy harakatlarni o‘tkazishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Harb-Maydon poligonida qo‘shma mashqlar 5–10 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston qurolli kuchlaridan 2,5 mingdan ziyod harbiy xizmatchi va 500 ga yaqin qurol va harbiy texnika jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!