Afg‘on ayollariga istirohat bog‘ida yurish taqiqlandi

Afg‘on ayollariga istirohat bog‘ida yurish taqiqlandi

Kobuldagi istirohat bog‘i endi faqat bolalar va erkaklar uchun ochiq bo‘ladi, deya xabar beradi Kazinform BBCga tayanib.

Mamlakatni boshqarayotgan Tolibon tomonidan qo‘yilgan qat’iy cheklovlar tufayli endi ayollarning Kobuldagi bog‘larga borishiga ruxsat berilmaydi. Yaqinda ayollarga poytaxtda basseyn va sport zallariga kirish taqiqlangan edi. Ushbu qoidalar butun mamlakat bo‘ylab amal qiladi.

«Tolibonning hozirgi siyosati 20 yil avvalgi siyosat bilan bir xil. Biz ularga 21 asrda bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa ekanligini tushuntirishga harakat qilamiz», - deydi faol Laylo Basim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!