Afg‘on ayollari yana Tolibonga qarshi bosh ko‘tardi

Afg‘on ayollari yana Tolibonga qarshi bosh ko‘tardi

Tolibon tomonidan yopilgan Kobuldagi Xotin-qizlar ishlari vazirligi binosi oldida ayollar o‘z huquqlarini himoya qilish uchun norozilik namoyishi o‘tkazdi, deb xabar berdi TOLOnews.

Hokimiyat tepasiga kelgan toliblar ayollar uchun bir qancha yangiliklarni kiritdilar. Tolibon matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidga ko‘ra, ayollar endi Afg‘onistonning yangi hukumatida vazirlik lavozimlarini egallay olmaydi va vazirliklar, polisiya va sudda faqat yordamchi sifatida ishlaydi.

Tolibon rasmiylari "ayollar huquqlarini hurmat qilish"ga va erkaksiz yoki ishsiz yurishni taqiqlamaslikka va’da berishdi. Biroq, Kobuldan oldin qo‘lga kiritilgan viloyatlarda bu taqiqlarning barchasi allaqachon kuchga kirgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ishg‘ol qilingan hududlarda ayollarga faqat erkaklar hamrohligida ko‘chaga chiqishga va xonadan chiqqanda "yopinishga" ruxsat berilgan. Shuningdek, ularga uydan tashqarida ishlash taqiqlangan, qizlarning ta’lim olishlari cheklangan.

Shundan so‘ng, mamlakatda bir qancha norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, ular davomida ayollar ta’lim olish va ishga joylashish imkoniyatidan noroziligini bildirib, qonuniy huquqlarini qaytarishni talab qilishdi. Shunday mitinglardan birida toliblar bir guruh afg‘on ayollariga ko‘z yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!