Advokatlik faoliyatini elektron lisenziyalash tartibi belgilandi

Advokatlik faoliyatini elektron lisenziyalash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022 y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

✅ Nizomga ko‘ra, advokatlik faoliyatini lisenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:

▫️fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
▫️ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

❕Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo‘yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.

🔰Talabgor lisenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:

▫️O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi;
▫️oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi;
▫️yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi;
▫️advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o‘tagan bo‘lishi;
▫️malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo‘lishi.

📲 Talabgor lisenziya olish uchun arizani “Lisenziya” AT yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

🗓 Arizalar har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

📋 Tanlangan har bir ixtisoslik bo‘yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor lisenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli lisenziyalovchi organ (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari)ga murojaat qilishi kerak.

☑️ Lisenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo‘yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekistonning butun hududida amal qiladi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

⏩ Yig‘im to‘langach, ariza avtomatik tarzda talabgorning doimiy yashash joyidagi lisenziyalovchi organga yuboriladi.

⏳ Shunga ko‘ra, ariza 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

📝Lisenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi.

❗️Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 300 ming so‘m) to‘laydi. Davlat boji to‘langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo‘yilgan lisenziya yuboriladi.

Mazkur tartib 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!