“Abu saxiy” yopilmagan. Hokimiyat yolg‘on xabar tarqatdimi?

“Abu saxiy” yopilmagan. Hokimiyat yolg‘on xabar tarqatdimi?

Toshkentdagi “Abu saxiy” bozori faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga bozordagi do‘kondorlar ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasiga testlar barcha savdo do‘konlari xodimlaridan olinmagan, ko‘plar shamollash alomatlari bilan ishni davom ettirmoqda, tartib va nazorat ham kuchaytirilmagan.

Bugun esa Chilonzor tumani hokimligi "Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo  markazi  ma’muriyati ishchilari va  bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olingani, test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha  xodimlarda  koronavirus infeksiyasi aniqlangani va bozor vaqtincha yopilganini ma’lum qilgandi. Bozordagi tadbirkorlarga ko‘ra, testlar olinmagan, do‘konlar faoliyatini davom ettirmoqda. 

Chilonzor tumani hokimligining bu ko‘zbo‘yamachiligi ortida nima yashiringani bizga qorong‘u, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!