Abror Muxamedxanov «Savdogarbank» ATB boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi

Abror Muxamedxanov «Savdogarbank» ATB boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi

Shu kunga qadar "O‘zmilliybank" AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxamedxanov Abror Shuxratovich chet el kapitali ishtirokidagi "Savdogar" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi lavozimiga tasdiqlangan. Bu haqda bank aksiyadorlarining o‘tgan yil 27 dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qaror qabul qilingan.

Bankning oldingi boshqaruvi raisi Sur’at Mansurov boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan, lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Abror Muxamedxanov 1983 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti - oliy, 2005 yil Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutini bakalavr bosqichini, 2007 yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini tamomlagan. Bank tizimida 11 yillik ish tajribasiga ega. U 2018 yildan beri "O‘zmilliybank" AJ boshqauvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!