Abramovich va Usmonov Britaniyaning eng badavlat odamlari o‘nligi ro‘yxatidan chiqib ketishdi

Abramovich va Usmonov Britaniyaning eng badavlat odamlari o‘nligi ro‘yxatidan chiqib ketishdi

Rossiyalik milliarder Abramovich The Times reytingida 20 pog‘onaga tushib ketgan. Uning boyligi esa deyarli ikki barobarga qisqargan. Asli o‘zbek bo‘lgan Alisher Usmonov ro‘yxatda olti pog‘onani boy bergan.

Gazeta talqiniga ko‘ra, milliarderlar Roman Abramovich va Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng badavlat kishilari o‘nligidan chiqib ketishgan.

Abramovich o‘tgan yilga nisbatan 20 pog‘onani yo‘qotdi va sakkizinchi o‘rindan 28-o‘ringa tushib ketdi. Gazeta uning boyligini 2021 yildagi 12 milliard funt sterlingdan 6 milliard funt sterlingga baholamoqda.

Usmonov olti pog‘onani yo‘qotib, reytingning 11-pog‘onasidan joy oldi. Uning boyligi, gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, 3,4 milliard funt sterlingga kamayib, 10 milliard funt sterlingni tashkil qildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!