Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati yaratilishi mumkin

Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati yaratilishi mumkin

“2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasida belgilanishicha, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:

moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi;

davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (15-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunidan 5-iyuliga qadar (5-iyul kuni ham) amalga oshiriladi;

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!