Abituriyentlar topshirgan chet tili sertifikatlarining 1000 dan ziyodi o‘z tasdig‘ini topmadi - DTM

Abituriyentlar topshirgan chet tili sertifikatlarining 1000 dan ziyodi o‘z tasdig‘ini topmadi - DTM

Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Buning uchun abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadilar va ularning sertifikatlari mutaxassislar tomonidan tekshiriladi.

Joriy yilgi abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish jarayonida abituriyentlar tomonidan 29 mingdan ziyod chet tili sertifikati tizimga yuklandi. Bu haqda DTM xabar bermoqda.

Sertifikatlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan tekshirilganda 955 ta sertifikat talabga javob bermasligi aniqlandi (ularning aksariyati chet tili sertifikati emas).

Shuningdek, 56 ta sertifikat qalbaki ekanligi aniqlanib, bu bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlangan holda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Qalbakilashtirilgan sertifikatlarning 44 tasi IELTS, 9 tasi milliy, 2 tasi HSK, 1 tasi TOEFL iBT sertifikatidir.

Qayd etish kerakki, joriy yilda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega (sertifikatlari tasdiqlangan) abituriyentlar soni 28 116 tani tashkil etdi. Bu 2021 yilga nisbatan 17 468 taga yoki 2,6 barobarga ko‘p (2021-yilda 10 648 ta).

Eslatib o‘tamiz, sal avval magistraturaga topshirilgan sertifakatlarning 70 foizi qalbaki ekan xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!