Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hudud bilan tanishishi mumkin - DTM

Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hudud bilan tanishishi mumkin - DTM

Test sinovlari Botanika bog‘i va Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazi abituriyentlarga test sinovlari o‘tkaziladigan hudud bilan tanishishi imkoniyatini bermoqda.

Aytilishicha, bugun soat 17:00 dan 18:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan stadion yoki xiyobonga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Test sinovlari Botanika bog‘i va Paxtakor stadioni hududida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, yangi 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8 avgust kunidan boshlanadi.

Test sinovlari ikki smenada o‘tadi:

1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;

2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar.

Eslatib o‘tamiz, bugundan yangi o‘quv yilida OTMga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rilishi va uning o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent Botanika bog‘i o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi.

Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun 20 avgustga qadar yopiq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!