"Abituriyent ruxsatnomasi" tarqatilmoqda

"Abituriyent ruxsatnomasi" tarqatilmoqda

Bugundan 2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun "Abituriyent ruxsatnomasi"ni tarqatish boshlanadi, deb xabar qildi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot-xizmati.

"Abituriyent ruxsatnomasi"ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

* Abituriyentlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining "Ruxsatnomani chop etish" bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo bo‘lgan "Abituriyent ruxsatnomasi" va "Abituriyentga eslatma”ni chop etib oladi.

Bularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter bo‘lgan xoxlagan joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari va Sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 27-29 iyul kunlari yashash joyidan qat’i nazar quyidagi tashkilotlarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin: -ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari; -ixtiyoriy Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari; -ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha "Abituriyent ruxsatnomasi"ni abituriyentga chop etib beradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!