Abdusattorov hindistonlik Pragnananda bilan o‘yinda durang qayd etdi

Abdusattorov hindistonlik Pragnananda bilan o‘yinda durang qayd etdi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o‘tayotgan “Tata Steel Chess” xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 6-turda Hindiston vakili Pragnanandxaga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi.

Ayni vaqtda turnirda aynan Pragnanandxa va mezbonlar vakili Anish Giri Nodirbekning asosiy raqibi bo‘lib turibdi. Hindiston vakili bilan murosa yo‘lini tanlagach, o‘zbekistonlik shaxmatchining ochkolari soni 4,5 taga yetdi.

“Challenger” guruhida Javohir Sindorov 6-turda braziliyalik Luis Paulo Supi bilan bahsda durang natija qayd etdi.

Abdusattorov 6 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘arib, hamon turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. 5-turda Nodirbekka imkoniyatni boy bergan amaldagi jahon tojdori Magnus Karlsen esa jadvalda 11-pog‘onani band etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!