Abdulla Aripov ertaga Tojikistonga tashrif buyuradi

Abdulla Aripov ertaga Tojikistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2020 yil 29 sentyabr kuni Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Aripov boshchiligidagi hukumat delegasiyasi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!