Abdulaziz Komilov prezident saylovida ovoz berdi

Abdulaziz Komilov prezident saylovida ovoz berdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentning Yakkasaroy tumanida tashkil etilgan 573-saylov uchastkasiga kelib, prezident saylovida ovoz berdi.

TIV matbuot xizmati tomonidan «Daryo»ga taqdim etilgan suratlarning birida qo‘liga fuqarolik pasportini tutib olgan vazir byulleten olish uchun navbatda turganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24 oktyabr kuni soat 08:00 dan boshlangan prezident saylovi soat 20:00 ga qadar davom etadi. Soat 11:00 ga qadar O‘zbekistondagi jami 19 million 859 ming 127 saylovchilarning 6 million 669 ming 552 nafari, ya’ni 33,6 foizi ovoz berdi va saylov o‘tgan deb e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!