Abdulaziz Kamilov Yevropa Komissiyasi vise-prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Abdulaziz Kamilov  Yevropa Komissiyasi vise-prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

2021-yil 19-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vise-prezidenti Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” va “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Yevropa tomoni O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga ko‘maklashish hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarini yuqori baholadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!