A Seriyada 40 yoshidan keyin gol urgan to‘rtinchi futbolchi nomi aniq bo‘ldi

A Seriyada 40 yoshidan keyin gol urgan to‘rtinchi futbolchi nomi aniq bo‘ldi

"Bolonya" va "Milan" jamoalari ishtirokidagi o‘yin voqealarga boy bo‘ldi.

"Rossoneri" forvardi Zlatan Ibragimovich ikkinchi bo‘limda avvaliga avtogol, keyinchalik gol muallifiga aylandi. Shu orqali u 40 yoshidan keyin A Seriyada gol urgan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi.

Bunga qadar Pyetro Verxovod (40 yosh 47 kun), Silvio Pioli (40 yosh 131 kun) va Billi Kostakurta (41 yosh 25 kun) kabi futbolchilar ushbu natijani qayd etgandi. Zlatanning "Milan" bilan kelishuvi ushbu mavsumdan keyin yakuniga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!