918 nafar yurtdoshlarimiz Rossiyaning Rostov viloyatidan poyezdda olib kelinmoqda

918 nafar yurtdoshlarimiz Rossiyaning Rostov viloyatidan poyezdda olib kelinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya – Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish masalasi bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi hamda Rossiya va Qozogiston tomoni bilan kelishuvga binoan,  O‘zbekiston fuqarolarini yo‘lovchi poyezdlari orqali olib kelish jarayoni amalga oshirilmoqda.  Navbatdagi yo‘lovchi poyezdi yurtdoshlarimizni Rossiyaning Rostov viloyatidan olib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra,  10 avgust mahalliy vaqt bilan soat 13.20 da 918 nafar yurtdoshlarimiz bilan poyezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nadi.

Yo‘l davomida yo‘lovchi poyezdi faqat texnik ko‘rik uchun to‘xtatiladi, ya’ni stansiya-vokzallarda yo‘lovchilarning platformaga tushishiga ruxsat etilmaydi. Ushbu reysda olib kelingan yo‘lovchilar Namangan va Toshkent viloyatlarining karantin zonalariga yuboriladi.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!