9 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9 may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko‘ra, 9 may kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!