80 dan ortiq Belarus xavfsizlik xizmati sobiq xodimlari unvonlaridan mahrum qilindi

80 dan ortiq Belarus xavfsizlik xizmati sobiq xodimlari unvonlaridan mahrum qilindi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bugun 174 sonli Farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 80 dan ortiq sobiq harbiy xizmatchilar va turli huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari harbiy va maxsus unvonlardan mahrum etilgan. Belarus qonunchilik hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilar va ichki ishlar idoralari xodimlari, shu jumladan zaxiradagi yoki pensiyada bo‘lganlar, davlat rahbarining qarori bilan harbiy (maxsus) unvonidan mahrum etilishi mumkin.

Xodimlarning unvonlaridan mahrum qilinishiga sabab qilib, mamlakatdagi norozilik namoyishlarida davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish, pogonini yulib otish va guvohnomalarini uloqtirish, noqonuniy tadbirlarni tashkillashtirish, ularda ishtirok etish, internet tarmog‘ida ekstremistik axborotlarni joylashtirish kabilar ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!