8 nafari yosh bola: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot

8 nafari yosh bola: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 263 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar bo‘lsa, shundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Yosh jihatidan ajratadigan bo‘lsak quyidagi manzara namoyon bo‘ladi:

0-9 yoshgacha – 8 nafar;
10-19 yoshgacha – 10 nafar;
20-29 yoshgacha – 51 nafar;
30-39 yoshgacha – 63 nafar;
40-49 yoshgacha – 73 nafar;
50-59 yoshgacha – 40 nafar;
60-69 yoshgacha – 13 nafar;
70-79 yoshgacha — 5 nafarni tashkil etmoqda.

Hozirga qadar xorijda bo‘lib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 102 nafarni tashkil etmoqda. Ular Fransiya (2), Turkiya (45), Rossiya (46), Buyuk Britaniya (5), BAA (2), Saudiya Arabistoni (1) hamda Shveysariya (1) kabi davlatlarda bo‘lib qaytgan.

161 nafar fuqaro esa ular bilan muloqotda bo‘lgani uchun yuqtirib olishgan.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Farg‘ona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari, xalqaro tajriba va belgilangan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda. Shu kungacha 25 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda COVID-19 infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!