8 nafar qurbon: Rossiyadagi maktabda o‘quvchilarni o‘qqa tutgan qotil qo‘lga olindi (VIDEO)

8 nafar qurbon: Rossiyadagi maktabda o‘quvchilarni o‘qqa tutgan qotil qo‘lga olindi (VIDEO)

Rossiyadagi Perm universitetiga qurolli hujum oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tergov qo‘mitasiga tayanib, “Interfaks”.

Avvalroq besh kishi halok bo‘lgani va olti kishi yaralangani haqida xabar berilgandi. Universitet matbuot xizmati 5 kishi halok bo‘lganini va 19 kishi yaralanganini e’lon qildi.

Perm Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati "Interfaks"ga xabar berishicha, qurbonlar nafaqat o‘q jarohatlari, balki boshqa tan jarohatlari ham olgan, chunki ba’zilari derazadan sakrashgan.

Xabarda talaba Perm davlat milliy tadqiqot universiteti binolaridan birida otishma sodir etgani qayd qilingan.

“Gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. Hibsga olish paytida u qarshilik ko‘rsatgani uchun yaralangan”, - deyiladi press-relizda.

Avvalroq, hujumchining taqdiri haqida qarama-qarshi ma’lumotlar bor edi: universitet ijtimoiy tarmoqlarda uning yo‘q qilinishi haqida yozgan, biroq keyin xabar o‘chirilgan. Ichki ishlar vazirligi qurollangan shaxs hibsga olinganini tasdiqladi.

Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi (ikki yoki undan ortiq odamni o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!