700 nafarga yaqin bemorda endoprotezlash amaliyotlari bepul o‘tkazildi — SSV

700 nafarga yaqin bemorda endoprotezlash amaliyotlari bepul o‘tkazildi — SSV

Son suyagi, yelka, tizza bo‘g‘imlarining yemirilishi bilan bog‘liq xastaliklarni davolashda qo‘llaniladigan, qiymati 18 mln. so‘mga teng bo‘lgan endoprotez moslamalarini oddiy aholi xarid qilishga qiynaladi.

Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida joylarda tashkil etilgan sog‘lomlashtirish aksiyalari davomida 670 nafar shunday bemorda chanoq-son bo‘g‘imi, 28 nafarida tizza bo‘g‘imini endoprotezlash operasiyalari bepul o‘tkazildi.

Qolaversa, avvallari faqatgina Toshkentda bajarilgan buyrak transplantasiyasi operasiyalari sog‘lomlashtirish aksiyalari doirasida tumanlar darajasiga tushirildi. Natijada 95 nafar bemorga buyrak ko‘chirib o‘tqazildi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani hamda Surxondaryo viloyatining Denov tumani markaziy shifoxonalarida bajarilgan bunday murakkab amaliyotlarga poytaxtlik yetuk jarrohlar boshchilik qildi.

Shuningdek, 640 nafar tug‘ma yurak nuqsoni bilan og‘rigan bemor bolalar jarrohlik amaliyotlari orqali sog‘lomlashtirildi.

Vazirlik tomonidan hududlar bo‘ylab tashkil etilgan tibbiy ko‘riklarda yuqori texnologiyali operasiyalarga muhtoj 13 ming nafar bemor ro‘yxati shakllantirilgan.

Joriy yil yakuniga qadar ularning 11 ming nafarini hududlarning o‘zida, 2 ming nafarini esa respublika tibbiyot muassasalarida sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!